O‘zbekiston | 08:09 / 13.07.2019
20920
1 daqiqa o‘qiladi

IIV Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Markaziy apparatida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi.

IIV saytida e'lon qilingan xabarga ko‘ra, podpolkovnik Mansur Abdug‘afurovich Sattorov O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mansur Abdug‘afurovich Sattorov

2019 yilning iyun oyi oxirlarida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi kadrlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev IIV Tergov departamenti boshlig‘i, vazir o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Bundan oldin, IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlangandi.

Mavzuga oid