Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti birinçi özbek kosmonavti Solijon Şaripov ta'sisçiligidagi kompaniya uluşdorlari örtasidagi tergov işi atrofida sodir bölayotgan voqealar haqidagi maqolaga munosabat bildirdi.
2020 yilning 03 dekabr kuni Toşkent şahar Çilonzor tumani böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan “Megatek-Avto” MÇJ uluşdorlari bilan boğliq holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, keyingi tergov harakatlarini olib boriş uçun Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi iş yurituviga olingan.
Ötkazilgan tergov harakatlari natijasiga köra, joriy yilning 20 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1,2-bandlariga asosan jinoyat işini tugatiş töğrisida qaror qabul qilingan.
Mazkur qaror Boş prokuratura tomonidan nazorat tartibida örganib çiqilib, 2021 yil 29 aprel kuni bekor qilingan.
Dastlabki tergov jarayonida mol-mulkka qöyilgan taqiq yeçilganligi holati yuzasidan Tergov departamenti tomonidan xizmat tekşiruv ötkazilmoqda.
Haqiqatni aniqlaş va holatga qonuniy baho beriş maqsadida, jinoyat işi IIV huzuridagi Tergov departamenti iş yurituviga olinib, “Megatek-Avto” MÇJ hamda jinoyat işiga aloqador “Grand Ravon Oil” MÇJ va “Vodiy Grand Optima” MÇJlarning barça mol-mulklariga taqiq qöyildi.
Mazkur jinoyat işi Tergov departamenti tomonidan alohida nazoratiga olingan va tergov natijalariga köra qonuniy qaror qabul qilinişi ta'minlanadi, deyiladi rasmiy munosabatda.
“Megatek-Avto” MÇJning 99,4 foiz uluşiga egalik qilib kelgan Odinaxon Ğofurjonova Kun.uz’ga yöllagan murojaatida özi muassislik qilgan kompaniyadagi uluşlar Rossiya fuqarosi bölgan qarindoşlari tomonidan hujjatlarni soxtalaştiriş yöli bilan tortib olingani, keyinçalik bu kompaniyadagi uluşlar özga şaxslar (xususan Birinçi özbek kosmanavti Solijon Şaripov) nomiga ötkazib yuborilgani, holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi olib borayotgan tergov harakatlari esa asossiz ravişda harakatdan tugatilganini aytgandi

















