O‘zbekiston | 07:39 / 15.07.2019
8068
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari Saudiya Arabistoniga eksport qilinadi

Foto: KUN.UZ

2019 yil 14 iyul kuni Toshkent shahriga Ajlan & Bros Holding Group (Saudiya Arabistoni) raisi shayx Muhammad bin Abdulaziz al-Ajlan boshchiligidagi delegatsiya kelyapti.

Tashrifni tashkillashtirgan O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi Elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, Ajlan & Bros arab erkaklarining klassik kiyimlarini ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, mamlakat ichkarisida va boshqa arab davlatlarida 45 ta filial hamda 200 ta ulgurji savdo punktlariga ega.

Ajlan & Bros rahbariyatining tashrif dasturidan Toshkent shahrida Vazirlar Mahkamasida, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi rahbariyati, Andijon va Namangan viloyati hokimlari va boshqa potensial sheriklar bilan uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Tashrif yakunlariga ko‘ra, aniq investitsiya loyihalari va mamlakat meva-sabzavot mahsulotlarini Saudiya Arabistoni hamda boshqa qo‘shni davlatlarga eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishish kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid