O‘zbekiston | 17:00 / 16.07.2019
8272
2 daqiqa o‘qiladi

Eski o‘t o‘chirish mashinalari hamon avtoparkning katta qismini egallaydi

Bugun, 16 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta'minlashning sifat jihatdan yangi mexanizmini joriy etish to‘g‘risida”gi farmon bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Zuparov bergan ma'lumotlarga ko‘ra, bosh boshqarma, uning hududiy va tarkibiy tuzilmalari tasarrufida O‘zbekiston bo‘yicha jami 835 ta “Zil” rusumli avtomobillardan foydalaniladi. Garchi bu avtomobillar o‘z xizmat davrini o‘tab bo‘lgan bo‘lsa-da, hammasi soz holatda saqlanadi va o‘t o‘chirishga yaroqli. 

Shuningdek, avtoparkni yangilash bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Xususan 100 donaga yaqin aynan o‘t o‘chirishga moslashtirilgan “Isuzu” yuk avtomobillari tayyorlanmoqda.

Mavzuga oid