Internet tarmoqlarida avtotransport vositalarida mavjud bölgan, suv-emulsiya tarkibli aerozol balloniga qadoqlangan birlamçi öt öçirgiçlarning yoriliş holati tasvirga olingan foto va videolavhalar tarqaldi.

Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB uşbu foto va videolavhalarga munosabat bildirib çiqdi. Ma'lum qilinişiça:

1) işlab çiqaruvçi korxonaning mazkur öt öçirgiçlardan foydalaniş yöriqnomasiga asosan öt öçirgiçlardan havo harorati -10 darajadan +50 darajagaça bölgan şaroitlarda foydalaniş belgilab qöyilgan;

2) öt öçirgiçdan foydalaniş yöriqnomasini inobatga olgan holda, öt öçirgiçlarni quyoş nurlari töğridan-töğri tuşadigan (salonning old,  orqa va boşqa)  joylarga örnatiş taqiqlanadi;

3) yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mazkur turdagi öt öçirgiçlarni avtotransport vositalarining örindiqlari tagida, yukxonasida yoki boşqa quyoş nuri töğridan-töğri tuşmaydigan joylarida saqlaş tavsiya etilgan.