Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat qarori: «Xorazm» innovatsion texnoparki tashkil etildi
Xorazm viloyatining ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, Urganch davlat universiteti huzurida “Xorazm” innovatsion texnoparki tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.
Texnoparkning rezidenti maqomi Xorazm viloyati hokimligining qaroriga asosan xo‘jalik sub'yektlariga tanlov asosida 10 yil muddatga beriladi va ular keyinchalik texnopark direksiyasi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Qaror bilan Urganch sanoat kollejining bino va inshootlari Urganch davlat universitetiga berildi hamda kelgusida bu yerda texnopark direksiyasini joylashtirish belgilandi.
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xorazmda prezident qarorlari ijrosini o‘rgandi
10:15 / 17.04.2026