Xitoy iqtisodiyoti 1990-yillardan beri eng past sur'atlarda o‘smoqda
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoy ikkinchi chorakda 1990-yillardan beri eng sekin sur'atlarda o‘sdi deya xabar qilmoqda BBC.
Bu yil Xitoy xarajatlarni oshirib va soliqlarni kamaytirib, iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rdi.
Mamlakat AQSh bilan o‘z biznesiga zarar yetkazgan va o‘sishga ta'sir ko‘rsatgan savdo urushini ham olib bormoqda.
Ma'lumotlar Xitoy iqtisodiy o‘sish sur'atlari yilning dastlabki uch oyida 6,4 foizdan pasayganini ko‘rsatmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp “Tvitter”da AQSh savdo tariflari Xitoy iqtisodiyotiga “katta ta'sir” ko‘rsatganini yozgan:
China’s 2nd Quarter growth is the slowest it has been in more than 27 years. The United States Tariffs are having a major effect on companies wanting to leave China for non-tariffed countries. Thousands of companies are leaving. This is why China wans to make a deal....
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) July 15, 2019
“Xitoyning ikkinchi chorakdagi o‘sishi – so‘nggi 27 yil ichidagi eng past ko‘rsatkich. AQSh tariflari Xitoydagi kompaniyalarga jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Minglab kompaniyalar chiqib ketishmoqda. Shuning uchun ham Xitoy kelishuvga kelmoqchi”.
Xitoy statistika milliy byurosi raqamlar mamlakat ichidagi va xorijdagi “murakkab vaziyatga” ishora qilayotganini aytgan. U 2019 yilning birinchi yarmida “iqtisodiyot o‘rinli chegaralarda ishlagani”, biroq “pasayishning yangi bosimi” bilan to‘qnashganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023