O‘zbekiston avtomobillar ishlab chiqarishni 46,6 foizga oshirdi
2019 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 120 ming donadan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqardi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 46,6 foizga ko‘pdir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi hisobot davrida 58,2 foizga oshdi - 2476 donaga.
2019 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 912ta avtobus ishlab chiqarildi, bu esa 2018 yilning shu davriga nisbatan 3,4 barobar ko‘p.
2019 yil yanvar-iyun oylarida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish 93,65 ming donani tashkil etdi. 2018 yilning shu davri bilan taqqoslaganda o‘sish 56,5 foizga teng.
2019 yil yanvar-iyun oylarida traktorlar ishlab chiqarish hajmi 602 donani tashkil etdi, bu 2018 yilga nisbatan 65,4 foizga kam.
Mavzuga oid
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:19 / 25.10.2024