Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent - Jo‘sh yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan aholiga qulaylik yaratish, yo‘lovchilarni o‘z vaqtida manzillariga xavfsiz yetkazib qo‘yishni tashkil etish borasida bugungi kunda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.
Hozirda nafaqat viloyat markazlari va yirik shaharlar balki yo‘lovchi oqimi katta bo‘lgan tuman va qishloqlarni poytaxt Toshkent bilan bog‘lovchi yo‘nalishlarda ham avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda.
17 iyuldan e'tiboran Uzautotrans Service korxonasi Toshkent- Jo‘sh (Samarqand viloyati) yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlarni amalga oshirishni boshladi. Toshkent avtovokzalidan avtobus soat 7:30 da jo‘nab ketadi. Jo‘shdan esa tonggi 6:30 Toshkent tomon yo‘lga chiqadi. Yo‘nalish masofasi 460.8 km bo‘lib, chipta narxi 47 000 so‘m etib belgilangan. Ushbu yo‘nalishda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy YUTONG avtobuslari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Chiptalarni Toshkent avtovokzali kassalaridan xarid qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Uzautotrans Service korxonasi Toshkent- Denov, Toshkent-Qarshi, Toshkent-Urganch, Toshkent-Yangiyer, Toshkent-Buxoro, Toshkent-Qorako‘l, Toshkent-Jizzax, Toshkent-Gagarin, Toshkent-Zomin, Toshkent-Samarqand, Toshkent- Termiz kabi mahalliy yo‘nalishlarda ham muntazam avtobus qatnovlarini amalga oshirmoqda.
Mavzuga oid
22:32 / 17.12.2025
Toshkentning Sergeli va Yunusobod tumanlariga yangi hokim tayinlandi
18:07 / 17.12.2025
Toshkent viloyatida o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab rahbariyati jazolandi
15:08 / 17.12.2025
Toshkentga viloyatlardan avtomobil kirishi cheklanmaydi - hokimlik
12:18 / 17.12.2025