Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat jamg‘armasi direktori tayinlandi
Foto: Ilya Pitalev
Hukumat qarori bilan Umrbek Abdullayevich Ismoilov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining ijro etuvchi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Umrbek Ismoilov bunga qadar davlat jamg‘armasining Kichik tadbirkorlik sub'yektlariga tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafillik berish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi prezidentning 2017 yilning 17 avgustida “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3225 – sonli qarori bilan tashkil topgan.
Jamg‘arma davlat tashkiloti shaklida tashkil qilinib, uning faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
- kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat siyosatini yuritish, moliyaviy xizmatlardan foydalanishni kengaytirish va kredit ajratish, shu jumladan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar va yo‘nalishlarga kredit ajratish shartlarini yengillashtirishga ko‘maklashish;
- kichik tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ish o‘rinlari tashkil etish imkonini beradigan davlat, tarmoq va hududiy dasturlar, loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
- kichik tadbirkorlik sub'yektlarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi turdagi mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, shuningdek ishlab chiqarish faoliyatiga samarali yangi texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish;
- ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda respublikada kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish muammolarini o‘rganishga doir kompleks ilmiy va amaliy tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etish.
Mavzuga oid
21:46 / 31.12.2025
Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi
08:36 / 27.12.2025
Hukumat zaxira jamg‘armasi va maqsadli jamg‘armalar transfertlari qayta belgilanadi
09:07 / 11.12.2025
Qishloq xo‘jaligini sug‘urta qilish yangi jamg‘arma orqali amalga oshiriladi
18:08 / 22.11.2025