Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangandagi yo‘l-transport hodisasi ikki kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
Namangan viloyatining Chust tumanida 2019 yil 16 iyul kuni soat 10:00larda To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan 42 yoshli A.R. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasini Shoxidon mahalla hududidan o‘tuvchi Farg‘ona halqa yo‘lida haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan 30 yoshli R.A. boshqaruvidagi Captiva rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada Nexia avtomashinasi haydovchisi va uning yo‘lovchi sifatida ketayotgan 36 yoshli ukasi A.R.lar jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar, yana bir yo‘lovchi - 37 yoshli T.R. ismli ayol kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:54
Namanganda yaroqlilik muddati o‘tgan dorilar va tibbiy buyumlar savdoga chiqarilishining oldi olindi
16:15
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
11:50 / 29.01.2026
Chilonzorda ko‘prik ustida 4 ta avtomobil to‘qnashdi
15:07 / 27.01.2026