O‘zbekiston | 11:13 / 20.07.2019
43992
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga elektromobillar olib kirishga aksiz solig‘i bekor qilindi

Foto: REUTERS

O‘zbekistonga elektromobillar olib kirishga aksiz solig‘i bekor qilindi. Bu haqda prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aytiladi.

2019 yilning 1 yanvaridan elektromobillar olib kirishga (TN TIF kodi 870380) bojxona bojining nol stavkasi o‘rnatilgan. Biroq, aksiz solig‘i bo‘yicha 8703 guruhidagi barcha tovarlarga 30 foizlik stavka belgilangandi.

Endilikda, elektromobillarga aksiz solig‘i stavkasi nol foiz darajasida o‘rnatildi (boshqa avtomobillar uchun stavka avvalgidek qoldi). Shu tariqa, olib kirishda endi faqat QQS to‘lashning o‘zi kifoya qiladi.

Bundan oldin, O‘zbekistonda elektromobil texnologiyalari uchun sinov va sertifikatlash markazi tashkil etilishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid