2017 yilda Quyoş energiyasi xalqaro instituti Xitoy Xalq Respublikasi Henan Suda Electric Car Technology Co..Ltd. kompaniyasi bilan ilmiy-texnik hamkorlikni yölga qöyiş maqsadida Memorandum imzolangan edi, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.

Özbekistondagi Quyoş energiyasi xalqaro instituti Xitoy Xalq Respublikasining Henan Suda Electric Vehicles Technology Co., Ltd. kompaniyasi bilan aynan şu muqobil manba asosida zamonaviy elektromobil texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etiş loyihasi böyiça hamkorlik qilmoqda. Memorandum asosida şu yilning 14 iyunida Quyoş energiyasi xalqaro instituti Xitoy Xalq Respublikasining Henan Suda Electric Vehicles Technology Co., Ltd. kompaniyasi bilan muqobil manba asosidagi zamonaviy elektromobil texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etiş böyiça seminar taşkil qilingan edi. Bu işning mantiqiy davomi sifatida Özbekiston delegatsiyasi Xitoy kompaniyasiga xizmat safari uyuştirdi.

Safar davomida Özbekiston delegatsiyasi Henan Suda Electric Vehicles Technology Co., Ltd. kompaniyasining işlab çiqariş obektlari, quvvatlari va mahsulotlari, sinov va sertifikatsiyalaş laboratoriyalari hamda ularda amalga oşirilayotgan işlar va izlanişlar bilan tanişdilar.

ÖzR FA Quyoş energiyasi xalqaro instituti hamda Henan Suda Electric Vehicles Technology Co., Ltd. kompaniyasi bilan hamkorlikda Özbekistonda yangi energiya manbalari asosida elektromobil texnologiyalarini rivojlantiriş va elektr transport vositalari tarmoğini taşkil etiş kelişib olindi. «Bir makon – bir yöl» loyihasi doirasida ikki tomonlama foydali iqtisodiy hamkorlikning yölga qöyilganligi e'tirof etildi hamda Özbekistonda yangi energiya manbalari asosida elektromobillar loyihasini samarali amalga oşiriş maqsadida Loyiha boşqaruv qömitasi tuzildi va uning tarkibiga Nuraddin Matçanov (Özbekiston tomonidan Qömita raisi), Azimjan Yusupov (rais örinbosari) va Umid Avloqulov (mas'ul kotib) kiritildi hamda mazkur Qömitaning majburiyat va vazifalari belgilandi, tegişli guvohnoma va sertifikatlar taqdim etildi.