Jamiyat | 08:59 / 22.07.2019
16852
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada ustaxona farroshi bo‘lgan ayolning umriga zomin bo‘lgan ishchi ushlandi

2019 yil 20 iyul kuni Farg‘ona shahri Ma'rifat ko‘chasida joylashgan maishiy texnikalarni ta'mirlash ustaxonasi ishchisi Ozodlik ko‘chasida yashovchi 39 yoshli Z.A. ish joyida o‘zaro janjal tufayli shu ustaxona farroshi 32 yoshli Ye.R.ning yuziga qo‘li bilan urgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ayol boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan. Natijada Ye.R. voqea joyida vafot etib, Z.A. ushlangan.
 
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid