Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Intellektual mulk agentligining asosiy vazifasi belgilandi
Foto: Depositphotos
Hukumat qarori bilan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.
Nizomga muvofiq, Agentlik faoliyatini muvofiqlashtirish, unga umumiy rahbarlik qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va Agentlik xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Agentlikning asosiy vazifasi intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta'minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obektlarini huquqiy himoya qilish hisoblanadi.
Agentlikka Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan adliya vaziri o‘rinbosari – direktor rahbarlik qiladi.
Intellektual mulk obektlarini huquqiy muhofaza qilishning eng muhim masalalari bo‘yicha muammolarni ilmiy tahlil qilish, tavsiyalarni ko‘rib chiqish va ishlab chiqish uchun Agentlikda yuqori malakali xodimlar, yetakchi olim va mutaxassislardan iborat ilmiy-texnik kengash tashkil etiladi.
Agentlik xodimlari maqomi, tibbiy xizmat ko‘rsatish, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlariga ko‘ra tegishli ravishda Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi.
Mavzuga oid
10:50 / 16.03.2026
Infratuzilma dasturidagi taqsimlanmagan mablag‘lar endi yangi tartibda ajratiladi
09:06 / 12.03.2026
Havodagi harakatni boshqarishga oid ayrim talablar bekor qilindi
09:13 / 06.03.2026
Xorijiy avtoulovlar uchun “tonirovka” bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
14:11 / 27.02.2026