Jamiyat | 09:00 / 22.07.2019
16818
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Navoiy» EIZda «AKFA PRODUCTION FACILITIES» eksport geografiyasini kengaytirmoqda

«Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi 2008 yilda Navoiy viloyatining Karmana tumanida tashkil etilgan edi. Bugungi kunda bu umumiy maydoni 645 gektarni tashkil etgan, rivojlangan muhandislik infratuzilmasi va qulay logistika imkoniyatlariga ega yirik industrial maydonchadir. 2019 yil 15 maydagi Prezident farmoni bilan Navoiy viloyati hududi keyinchalik belgilangan tartibda muddatini uzaytirish imkoniyati bilan 2030 yil 1 yanvarga qadar innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona etib belgilandi.

 2019 yilning 14 iyulida «Navoiy» EIZda «AKFA PRODUCTION FACILITIES» yangi ishlab chiqarish majmuasining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.  Kompaniyaning Germaniya, Turkiya, Rossiya va  boshqa mamlakatlardagi hamkorlari tadbirning faxrli mehmonlari bo‘lib ishtirok etishdi.

Yangi «AKFA PRODUCTION FACILITIES» ishlab chiqarish majmuasining umumiy maydoni 250 gektarni tashkil etadi. Qurilishning birinchi bosqichi yakunlandi va ayni paytda obektda yillik ishlab chiqarish quvvati 50 000 tonnaga teng bo‘lgan, 300 xodim ishlab kelayotgan alyuminiy ekstruziya ishlab chiqarish, hamda 650 ish o‘rni yaratilgan, yillik quvvati 55 200 tonnaga teng PVX profili ishlab chiqarish zavodlari faoliyat yuritmoqda. Bunda alyuminiy profilining ishlab chiqarish maydoni 60 000 m2, PVX profilining ishlab chiqarish maydoni esa 22 344 m2 ni tashkil etadi.

Kompaniya ISO 9001:2015 xalqaro sifat menedjmenti sertifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Ochilish marosimida AKFAGROUP bosh direktori  G‘aniyev Abror Axralovich chiqish qilib, yaqin yillar uchun kompaniyaning rejalari haqida gapirib berdi:

G‘aniyev Abror Axralovich

«Yil davomida biz o‘z mahsulotlarimizning model qatorini sezilarli ravishda kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz. Shu yilning oxiriga qadar ekonomdan premium segmentgacha yana 14 ta yangi profil tizimlari paydo bo‘ladi. Ammo erishilgan marralarda to‘xtab qolish niyatida emasmiz – AKFA oldida biz sizlar bilan birga borishni rejalashtirayotgan yangi ulkan vazifalar va maqsadlar turibdi. Biz yiliga 100 000 tonna alyuminiy profilini yetkazib berishni rejalashtirmoqdamiz».

G‘aniyev Abror Axralovich va Tursunov Qobil Beknazarovich

Navoiy viloyati hokimi Tursunov Qobil Beknazarovich mehmonlarni obektning ochilishi bilan qutladi va «AKFA PRODUCTION FACILITIES» ishlab chiqarish majmuasining alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlarini mukofotladi. Tantanali qismdan so‘ng mehmonlarni ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘lami va barcha bosqichlari bilan yanada batafsil tanishtirish uchun ishlab chiqarish obektlari bo‘yicha  ekskursiyaga taklif etishdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ko‘p bora eksportbop mahsulotlar tarkibini diversifikatsiya qilish, eksportda xomashyo bo‘lmagan mahsulotlar ulushini kamida 60 foizga yetkazish, eksportyorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta'kidlab keladilar. Bu borada AKFA kompaniyasi katta muvaffaqiyatlarga erishdi: mahsulotlarning eksport geografiyasi sezilarli ravishda kengaydi. Bugungi kunda «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» yorlig‘i bilan AKFA mahsulotlari Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Rossiya, Polsha, Ukraina, Kanada, shuningdek AQShga yuborilmoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid