O‘zbekiston | 08:10 / 23.07.2019
4581
1 daqiqa o‘qiladi

Xatirchi tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi 

Foto: KUN.UZ

Hukumat qarori bilan 2019–2021 yillarda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta'minlangan fuqarolarning bandligini ta'minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan etib belgilandi. 

Qaror bilan Dasturni moliyalashtirish manbalari tasdiqlandi.

Shuningdek, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida jami 67 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi, bu orqali 710 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilandi.

Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish bo‘yicha belgilangan loyihalar orqali 7 630 nafar aholining bandligi ta'minlanishi nazarda tutildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid