Tashqi ishlar vazirligi faoliyatida qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi
2019 yil 24 iyul kuni Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, unda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining joriy yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilishi belgilangan maqsadli vazifalarning ijro etilishi bo‘yicha hisoboti eshitildi.
Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish mobaynida Tashqi ishlar vazirligi faoliyatida muayyan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ham aniqlandi. Jumladan, iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish bo‘yicha vazifa doirasida belgilangan O‘zbekistonning milliy mahsulot va xizmatlarini jahon bozorlariga olib chiqish hamda mamlakatga sayyohlar oqimini oshirishda lozim darajadagi samaradorlikka hali erishilmagan.
Bundan tashqari, vazirlikning xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini jadallashtirish, xususan fan va ta'lim sohalarida YuNeSKO, MDH, ShHT kabi tuzilmalar bilan o‘tkaziladigan tadbirlar ko‘lamini kengaytirish lozimligi qayd etildi.
Majlisda senatorlar tomonidan qator tavsiyalar va takliflar bildirildi hamda Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Mavzuga oid
21:05 / 30.09.2024
Yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchi tashish xizmati tariflari erkinlashtiriladi
08:52 / 28.09.2024
Senatning navbatdagi yalpi majlisi 30 sentabr kuni chaqiriladi
16:47 / 26.09.2024
Senatdagi qo‘mita raisi bir vaqtning o‘zida boshqa joyda ham ishlashiga izoh berildi
13:08 / 21.09.2024