Sport | 23:19 / 24.07.2019
6380
1 daqiqa o‘qiladi

Yosh taekvondochilar Osiyo chempionati tarixidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatishdi

24 iyul kuni Iordaniya poytaxti Amman shahrida Taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati yakunlandi. 

O‘zbekiston milliy jamoasi 2ta oltin, 1ta kumush va 4ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu natija milliy jamoaning Osiyo chempionati tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichidir. 

Xususan, Rashitov Ulug‘bek (55 kg vazn toifasida) va Joysunov Jasur (68 kg) oltin medal, O‘ktamov Azizjon (48 kg) kumush medal, Hamidullayev Abdulaziz (63 kg), Mavlonov Marat (78 kg), Sadikova Feruza (63 kg), Sobirjonov Ozoda (55 kg) bronza medal sovrindori bo‘lishdi.

Qayd qilish joizki, O‘zbekiston milliy jamoasi a'zosi Ulug‘bek Rashitov mamlakatimiz tarixida ilk bor Osiyo chempionatining eng yaxshi sportchisi mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Mavzuga oid