O‘zbekiston | 20:11 / 25.07.2019
9489
1 daqiqa o‘qiladi

Olmazorda G‘alaba bog‘i barpo etilishi boshlandi

Olmazor tumanidagi general Sobir Rahimov haykali o‘rnatilgan xiyobonda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan G‘alaba bog‘i barpo etish jarayoni boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 25 iyun kuni mazkur hududda bo‘lib, G‘alaba bog‘i qurilishi bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Kun.uz manbasining xabar berishicha, bugun, 25 iyul kuni O‘zbekiston Bosh vaziri G‘alaba bog‘ini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi va shu yerning o‘zida yig‘ilish o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, 2011 yil qishida Sobir Rahimov haykali G‘ofur G‘ulom istirohat bog‘iga ko‘chirilgan, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018 yilda Sobir Rahimov haykali o‘z o‘rniga qaytarilgan edi.

Mavzuga oid