Toşkent şahri Olmazor tumanida joylaşgan Ğalaba boği yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi Şon-şaraf davlat muzeyiga kiriş vaqtinça töxtatildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hududda 20 may kunidan yangi ekspozitsiyalarni joylaştiriş hamda kiçik ta’mirlaş va dezinfeksiya işlari olib borilişi rejalaştirilgan.

Şu munosabat bilan şu kundan e’tiboran taşrif buyuruvçilar uçun Ğalaba boği va Şon-şaraf muzeyiga kiriş qisqa muddatga töxtatiladi.