Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrida Ğalaba boğidagi «Millat fidoyilari» xiyobonida böldi.

Davlat rahbarining ğoyasi asosida taşkil etilgan uşbu yodgorlik mustaqillik yillarida mamlakat himoyasi yölida halok bölgan harbiy xizmatçilar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining xotirasiga bağişlangan.

Majmua yuqoridan qaraganda davlat bayroğidagi yarim oy va ön ikki yulduz şaklida namoyon böladi. Qariyb ikki metrli yulduzlarning qirralari bitiktoş vazifasini ham ötaydi. Ularning yon taraflariga 196 nafar qahramonlar nomi zarhal harflar bilan yozilgan. Bu bitiklar yoniga monitorlar örnatilgan bölib, millat fidoyilari töğrisida ma’lumotlar foto va videolar orqali namoyiş etib boriladi.

Prezident marhum harbiy xizmatçilarning oila a’zolari bilan uçraşdi.

– Har yili bu yerga kelib, Ikkinçi jahon uruşidagi yöqotişlarni eslaymiz. Endi mustaqillik fidoyilariga bağişlangan uşbu majmuani taşkil qilganimiz xayrli iş böldi. Çunki ular ham milliy qahramonlarimiz. Şu jihatdan, bu maydonning ma’naviy ahamiyati katta. Bu ham özlikni anglaş, bu ham inson qadri, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari vatan himoyaçilarining oila a’zolariga çuqur hurmatini bildirdi.

– Bu jasur öğlonlar tahlikali vaziyatda özini öylamay, burçiga sodiq qolib, xalqi uçun jonini fido qilgan. Hozirgi tinçlikda, osmonimiz musaffoligida ularning katta hissasi bor. Oilalari, barça yaqinlari bilişi kerakki, ular oramizda xuddi tirikdek, nomlari heç qaçon öçmaydi. Buni mana şu maydonda muhrlab qöydik. Men ularning ota-onalariga, turmuş örtoqlariga ta’zim qilaman. Farzandlari qahramon otalariga munosib bölişini istayman, – deya ta’kidladi prezident.

Millat fidoyilari tuğilgan tumanlarda xotira tadbirlari ötkaziş, ularning mardligini yoşlarga ibrat qilib körsatiş, qahramonliklari haqida asarlar yoziş zarurligi ta’kidlandi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Ikkinçi jahon uruşi va mehnat fronti qatnaşçilarini ham ziyorat qilib, bayram bilan tabrikladi.