Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda O‘zbekistonning yana bir fuqarosi vafot etdi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yil 22 iyul kuni Özel A Hastenesi tibbiyot muassasasida O‘zbekiston fuqarosi O.A. vafot etdi. U 20 iyul kuni yo‘l-transport hodisasi natijasida olingan jarohat tufayli kasalxonaga yotqizilgan edi.
TIV xabariga ko‘ra, Turkiyaning huquqni himoya qiluvchi organlari mazkur fakt yuzasidan tergov ishlarini boshladilar.
Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va marhumning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning qarindoshlari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda Istanbul shahridagi mamlakat Bosh konsulxonasiga +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.
Bundan oldin, Istanbulda yuz bergan YTH oqibatida o‘zbekistonlik ayol vafot etgandi.
Mavzuga oid
09:44 / 19.04.2026
Jizzax viloyatida avtobus YTHga uchradi
20:10 / 18.04.2026
Buxoroda mast haydovchi YTH sodir etdi
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
18:42 / 13.04.2026