Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda yuz bergan YTH oqibatida o‘zbekistonlik ayol vafot etdi
Foto: EMRAH GUREL / AP
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yil 19 iyul kuni Bakırköy Dr. Sadi Konuk Eğitim Araştırma Hastenesi tibbiyot muassasasida O‘zbekiston fuqarosi N.R. vafot etdi.
TIV xabariga ko‘ra, u 1 iyul kuni yo‘l-transport hodisasi natijasida olingan jarohat tufayli kasalxonaga yotqizilgan edi.
Turkiya huquqni himoya qilish organlari fojiali voqea yuzasidan tergov ishlarini boshladilar.
Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va marhumaning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatdi.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning qarindoshlari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda Istanbul shahridagi mamlakat Bosh konsulxonasi +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.
Mavzuga oid
10:14
Istanbulda qotillik qurboni bo‘lgan Durdona Hakimovaning jasadi vatanga qaytarildi
11:50 / 29.01.2026
Chilonzorda ko‘prik ustida 4 ta avtomobil to‘qnashdi
19:20 / 27.01.2026
Turkiyada o‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilishi ommaviy namoyishlarga sabab bo‘ldi
11:38 / 27.01.2026