Rossiya Turkiyaga qarshi ayrim sanksiyalarni bekor qildi
Turkiyaning xizmat va maxsus pasportlariga ega fuqarolari tashrif maqsadidan qat'i nazar Rossiyaga kelishlari mumkin. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2015 yildan buyon amalda bo‘lgan cheklovchi tartibni bekor qiluvchi farmonga imzo chekdi.
Prezident farmoni bilan Turkiyaga nisbatan qo‘llanilgan qator iqtisodiy sanksiyalar bekor qilingan. Farmon matni huquqiy axborot rasmiy internet portalida e'lon qilingan.
Ekspertlarga ko‘ra, Turkiya RF bilan ayrim muhim masalalarda hamkorlik qilmoqda, xususan 25 iyulda S-400 ZRK ilk bo‘limlari yetkazib berilgani xabar qilindi.
Farmonga muvofiq, Rossiya TIV 2010 yil 12 may kuni ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida imzolangan kelishuv qisman qayta tiklangani xususida rasmiy Anqaraga bildirishnoma yuboradi. Shunday qilib, xizmat va maxsus pasportlarga ega turkiyaliklar Rossiyaga nafaqat qisqa muddatli mehnat safarlariga, balki har qanday safarni vizasiz amalga oshira oladi.
Mavzuga oid
23:16 / 30.09.2024
Rossiyada migrantlar farzandlari maktabga imtihon bilan qabul qilinishi mumkin
22:21 / 30.09.2024
Rossiyaning kelasi yil budjetiga rekord miqdorda harbiy xarajatlar kiritildi
20:38 / 30.09.2024
Putin harbiy xizmatga chaqirish haqidagi qarorni imzoladi. Armiyaga 133 ming rossiyalik olib ketiladi
19:12 / 30.09.2024