O‘zbekiston | 08:33 / 27.07.2019
7510
8 daqiqa o‘qiladi

«Konsessiyalar to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri e'lon qilindi 

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Konsessiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan «Konsessiyalar to‘g‘risida»gi 110-I-sonli Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlanishi mumkin.

Konsessiyalar to‘g‘risidagi bitim yozma shakldagi shartnoma turi bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi investorga davlat nomidan maxsus ruxsatnoma beradi. Ushbu ruxsatnomaga ko‘ra, konsessioner ma'lum turdagi xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish, konsessionerga mol-mulk obektlarini, yer (uchastkalari) maydonlari, yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini ham beradi konsessiya to‘g‘risidagi imzolangan bitim asosida, o‘z navbatida investor barcha ishlarni o‘z hisobidan moliyalashtirish hamda barcha loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga oladi.

Konsessiya to‘g‘risidagi bitimda quyidagi ma'lumotlar bo‘lishi shart:

konsessiya to‘g‘risidagi bitimning taraflari haqidagi;

konsessiya to‘g‘risidagi bitimning predmeti haqidagi;

taraflarning majburiyatlari va javobgarligi to‘g‘risidagi;

konsedent va konsessioner o‘rtasida xavf-xatarlarning taqsimlanishi haqidagi;

konsessiya obektining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, shu jumladan konsessiya to‘g‘risidagi bitimga muvofiq boshqa o‘tkazilgan yoki loyihalashtirilishi, qurilishi, barpo etilishi, moliyalashtirilishi, rekonstruksiya qilinishi, undan foydalanilishi va unga xizmat ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan konsessiya obektlarining tavsifi, ulardan foydalanish maqsadlari va muddatlari to‘g‘risidagi;

konsessiya loyihasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) muddatlari va tartibi haqidagi;

taraflarning tegishli infratuzilmaga nisbatan va konsessiya loyihasi bo‘yicha huquqlarini taqsimlash to‘g‘risidagi, shuningdek ularni boshqa shaxsga o‘tkazish tartibi haqidagi;

konsessiya loyihasini amalga oshirish uchun talab etiladigan yer uchastkalarini berish tartibi va tartib-taomili to‘g‘risidagi, yer uchastkalariga taalluqli boshqa shartlar haqidagi;

xususiy sherik tomonidan beriladigan tovarlarga, bajariladigan ishlarga, ko‘rsatiladigan xizmatlarga doir narxlarni, tariflarni belgilash va ularni o‘zgartirish shartlari to‘g‘risidagi;

taraflarning o‘z majburiyatlari bajarilishini ta'minlash usullari, miqdorlari va muddatlari haqidagi;

konsessiya to‘g‘risidagi bitimning muddati, bu muddatni belgilash tartibi haqidagi;
 
haq to‘lash, erkin foydalanilish uchun to‘lov, foydalanganlik uchun to‘lov, konsessionerning konsedentga to‘lovining va (yoki) boshqa to‘lovlarning shakllari, miqdorlari, muddatlari, shartlari, ularni to‘lash tartibi, shu jumladan konsessiya loyihasi amalga oshirilishi munosabati bilan daromadlarning taqsimlanishi haqidagi;

konsessiya to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish tartibi haqidagi;

konsessiya to‘g‘risidagi bitimni tugatish asoslari, tartibi va shartlari, muddatidan oldin tugatilganlik uchun to‘lov miqdori va tartibi haqidagi;

konsessiya loyihasining amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi;

sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatlar haqidagi;

loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha majburiyatlar to‘g‘risidagi;

taraflarning konsessiya to‘g‘risidagi bitimga doir majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarligi to‘g‘risidagi;

nizolarni hal etish tartibi haqidagi;

O‘zbekiston Respublikasida xodimlarni ishga olish va mehnatdan foydalanishga nisbatan qo‘llaniladigan shartlar to‘g‘risidagi;

ishontirishlar va kafolatlar haqidagi;

konsessioner ulushlariga egalik qilishga nisbatan talablar va konsessionerning hamda uning affillangan shaxslarining mol-mulkiga nisbatan boshqa mulkiy huquqlar to‘g‘risidagi;

maxfiylik haqidagi;

atamalar va ularga doir tushuntirishlar to‘g‘risidagi.

Konsessiya to‘g‘risidagi bitimga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar va talablar kiritilishi mumkin.

Konsessiya to‘g‘risidagi bitimda atrof-muhitga, ekologik xavfsizlikka tahdid vujudga kelgan yoki boshqa fors-major holatlarda investorning yer osti boyliklaridan foydalanish huquqlarini cheklovchi, vaqtincha to‘xtatib turuvchi yoki butunlay bekor qilishni nazarda tutuvchi normalar ko‘zda tutilgan bo‘lishi shart.

Konsessiya shartnomasining tomonlari quyidagilardir:

O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi yoki vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi nomidan Konsessiya shartnomasida ishtirok etadi.

Investor, (Mol-mulk yoki mulkiy huquqlarini) jalb etish, qarz olish, yoki o‘z investitsiyasini jalb qilgan xolda.

Konsessiya faoliyatida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar, mazkur Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
        
Qoraqalpog‘iston Respublikasida Konsessiya faoliyatida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar, mazkur Qonun shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi asosida tartibga solinadi.
 
O‘zbekiston Respublikasida Konsessiya faoliyatini amalga oshirish asoslari:

Raqobat, konsessionerlarning tanlovi asosida kim oshdi savdolari;

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, amalga oshiriladigan konsessionerning iqtisodiy faoliyatiga aralashilmaydi;

Mehnatni muhofaza qilish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqarish, sanitariya-gigiyena xavfsizligi sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlariga rioya etish;

O‘zbekiston Respublikasi ishtirokida yoki xalqaro shartnomalarda nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi standartlariga javob beruvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish;
         
Konsessioner va konsedentlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligi;
        
Konsessioner va konsedentlar o‘rtasidagi xatarlar, o‘zaro manfaatlar va qiziqish muvozanatini ta'minlash;
        
Konsessioner tomonidan taqdim etilayotgan mahsulot (xizmatlar va ishlar)da iste'molchining Qonuniy huquq va manfaatlarini ta'minlash;
        
Erkin raqobat;

Barcha salohiyatli Konsessionerraning tengligi va kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlarida investorga mol-mulk va yer uchastkalarini berish bilan bog‘liq taqiqlar bo‘lmagan, iqtisodiy faoliyatning muayyan turlari Konsessiya shartnomasining obektlari hisoblanadi.

“Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinuvchi munosabatlarga mazkur Qonunning moddalari amal qilmaydi.

Konsessiya munosabatlari sub'yektlari:
       
konsessiya organlari – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan davlat organi, shuningdek mahalliy ijro etuvchi organlar, konsessiya shartnomasi tuzilgan konsessioner.

Mavzuga oid