Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaning Chungnam provinsiyasida o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
26 iyul kuni Janubiy Koreyaning Chungnam provinsiyasida O‘zbekiston fuqarosi N.Yu.ning jasadi topildi. Bu haqda mamlakatimizning Seul shahridagi elchixonasi konsullik bo‘limi ma'lumotiga tayanib O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Koreya Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoiy ish ochildi, politsiya tergov tadbirlarini amalga oshirmoqda.
Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va hozirda marhumaning qarindoshlari bilan birgalikda O‘zbekiston fuqarosining jasadini vatanga jo‘natish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Seul shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.
Mavzuga oid
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
12:50 / 02.02.2026