Jahon | 23:34 / 29.07.2019
7383
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp 2020 yilgi saylovlarga qadar Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqib ketmoqchi

Foto: dw.com

Donald Tramp 2020 yil noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarga qadar Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqib ketmoqchi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo ma'lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp "nihoyasiz urushni to‘xtatish" va qo‘shinlarni olib chiqib ketishni boshlashga ko‘rsatma bergan.

Hozirda Afg‘onistonda 14 mingga yaqin amerikalik askar va ofitserlar bor.

Qo‘shma Shtatlar 2018 yil iyuldan beri “Tolibon” harakatining yuqori darajadagi vakillari bilan Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. “Tolibon” mamlakatdan xorij qo‘shinlari olib chiqib ketilishini talab qilmoqda. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid