O‘zbekiston | 07:59 / 30.07.2019
13289
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning barcha hududlarida kooperatsiya birlashuvi joriy qilinadi

Foto: iStock

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinadi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi:

Samarqand, Andijon, Toshkent, Farg‘ona, Jizzax va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 2019 yil 1 oktyabrga qadar muvofiq hududlarda barpo qilinadigan yirik agrologistika komplekslari uchun yer maydonlarini ajratish, agrologistika komplekslarini muhandislik, yo‘l va transport infratuzilmalariga ulanishini ta'minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

Buxoro va Xorazm viloyati hokimliklari bilan birgalikda 2019 yil 1 dekabrga qadar Buxoro va Xorazm viloyatlarida yirik agrologistika komplekslarini barpo etish uchun xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘larini jalb etish choralarini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan kooperatsiya birlashuvini joriy qilish bo‘yicha Jizzax viloyatining G‘allaorol va Zomin tumanlarida, Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Urgut tumanlarida, Farg‘ona viloyatining Oltiariq va Quva tumanlarida, Toshkent viloyatining Qibray va Parkent tumanlarida o‘tkazilgan tajriba-sinovlarning ijobiy natijalariga ko‘ra mazkur tajribani respublikaning boshqa hududlarida ommalashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanadi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, sotish (sotish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish), ta'minot, bog‘dorchilik, tomorqa, chorvachilik xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchilar tomonidan a'zolik badallari (paylarni) kiritish asosida tashkil qilingan qishloq xo‘jaligi birlashmalari sub'yektlari sonini oshirish, ularga keng imkoniyat va qo‘shimcha qulayliklar yaratish mazkur sohadagi ustuvor yo‘nalishlar deb belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va boshqa manfaatdor vazirlik, idoralar va uyushmalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida aholi, tomorqa yer egalari, dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan qishloq xo‘jaligi kooperatsiya birlashmalarini tashkil qilish, kooperatsiya asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlash va yuritishni keng joriy qilish choralarini ko‘radi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid