Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qator avtobuslar yo‘nalishi o‘zgardi
O‘zbekistonda oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarining boshlanishi munosabati bilan mutasaddi tashkilotlar tomonidan maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Xususan, imtihonlar o‘tadigan maskanlar atrofidagi yo‘llarda harakat cheklanishini inobatga olib “Toshshahartransxizmat” AJ o‘z tasarrufidagi yo‘nalishlarda qatnovchi avtobuslar harakat yo‘lini o‘zgartirdi.
Joriy yilning 29 iyulidan 10 avgustiga qadar poytaxtning Yunusobod tumani Ko‘rgazma, Iftixor, Korxojiota va Niyozbek yo‘li ko‘chalarida harakat vaqtincha cheklandi.
Shu munosabat bilan ushbu hududlardan o‘tuvchi 35-,52-,78-,97-,148-,150-,151-yo‘nalishlarning harakat yo‘li yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan, ushbu maskanga yaqin yo‘llardan o‘tkazilmoqda.
“Harakat yo‘nalishi o‘zgarishi munosabati bilan yo‘lovchilar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha har kuni haydovchi va chiptachilar o‘rtasida qo‘shimcha yo‘riqnomalar o‘tkazilmoqda”, - deyiladi “Toshshahartransxizmat” xabarida.
Mavzuga oid
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
17:13 / 29.04.2026
Toshkentda yo‘lovchilarga qo‘pol muomala qilgan avtobus haydovchisi ishdan olindi
09:44 / 19.04.2026