Özbekistonda oliy ta'lim muassasalariga kiriş imtihonlarining boşlanişi munosabati bilan mutasaddi taşkilotlar tomonidan maxsus çora-tadbirlar işlab çiqildi. 

Xususan, imtihonlar ötadigan maskanlar atrofidagi yöllarda harakat çeklanişini inobatga olib “Toşşahartransxizmat” AJ öz tasarrufidagi yönalişlarda qatnovçi avtobuslar harakat yölini özgartirdi.

Joriy yilning 29 iyulidan 10 avgustiga qadar poytaxtning Yunusobod tumani Körgazma, Iftixor, Korxojiota va Niyozbek yöli köçalarida harakat vaqtinça çeklandi.

Şu munosabat bilan uşbu hududlardan ötuvçi 35-,52-,78-,97-,148-,150-,151-yönalişlarning harakat yöli yölovçilar uçun qulay bölgan, uşbu maskanga yaqin yöllardan ötkazilmoqda.
 
“Harakat yönalişi özgarişi munosabati bilan yölovçilar xavfsizligini ta'minlaş böyiça har kuni haydovçi va çiptaçilar örtasida qöşimça yöriqnomalar ötkazilmoqda”, - deyiladi “Toşşahartransxizmat” xabarida.