Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa shifoxonalarida dorilarga chidamli superhasharot tarqalmoqda
Superhasharotning favqulodda qo‘llaniladigan antibiotiklarga qarshiligi kengayib bormoqda. Yevropa bo‘ylab o‘tkazilgan tadqiqot natijasi shunday xulosa chiqarishga asos bo‘lmoqda.
Infeksiya boshqa birorta dori-darmon bilan bartaraf etilmasa, karbapenem (carbapenems) deb nomlangan dori qo‘llaniladi.
The Sanger Institute tadqiqotchilari Klebsiella pneumoniae qarshiligi esa, «o‘ta tashvishli» ekanini aytishmoqda. Ular, boshqa hasharotlar ham vaqt o‘tib shunday chidamli bo‘lishidan ogohlantirmoqda.
Klebsiella pneumoniae nima o‘zi?
U sog‘lom insonlarga umuman muammo tug‘dirmasdan ichaklarda tabiiy sharoitdagidek yashashi mumkin. Biroq, tana nosog‘lom bo‘lganida u nafas olish yo‘llarini zararlab, pnevmoniyani keltirib chiqara oladi. U qon, teridagi kesilgan yoki shilingan joylar va miyani egallab, meningitga ham sabab bo‘ladi.
Bu haqiqatdan ham jiddiy muammomi?
Antibiotiklarga qarshilik natijasida ushbu bakteriya sabab bo‘lgan o‘limlar soni 6 karra oshgan. O‘limni karbapenemga chidamli K.pneumoniae keltirib chiqargan.
Xavotirlarning sababi shundaki, ushbu bakteriya 2015 yilda 2000 dan ortiq kishining yostig‘ini quritgan, agar hozirdanoq choralar ko‘rilmasa, bu raqam ko‘tarilishda davom etadi, ya'ni 2007 yilda 341 kishining vafotiga sabab bo‘lgan K. pneumoniae 2015 yilda 2,094 kishining umriga zomin bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:29 / 20.12.2025
Rossiya Yevropaning 11 mamlakati bilan harbiy shartnomalarni bekor qilmoqda
10:08 / 16.12.2025
Yevropa yetakchilari Ukraina uchun “ko‘pmillatli kuchlar”ni va’da qildi
09:19 / 15.12.2025
Liyepaya va Klaypeda portlari orqali o‘zbek mahsulotlari Yevropaga yetkazilishi mumkin
10:42 / 13.12.2025