O‘zbekiston | 23:16 / 01.08.2019
8582
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosida mumtoz musiqa konserti o‘tkaziladi


Toshkent metrosining “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” stansiyalari kesishmasi foyesida mumtoz musiqa konserti o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent hokimligida ma'lum qilindi.

Konsert 2 avgustda soat 10 da bo‘lib o‘tadi. Yo‘lovchilar oldida “Yosh iste'dodlar” kamer orkestri chiqish qiladi. 

Konsert davomida Nino Rota, Iogan Shtraus, Yevgeniy Doga, Maykl Jyekson, Manas Leviyev va boshqa kompozitorlarning mashhur kuylari yangraydi.

Tadbir 4 avgustda nishonlanadigan Temiryo‘lchilar kuni munosabati bilan tashkil etilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid