Jahon | 02:54 / 01.08.2019
8738
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada ishsizlik darajasi rekord darajada pasaydi

Foto: Unsplash

Yevropa Ittifoqi Statistika idorasi - Eurostat e'lon qilishicha, YeI ishsizlik darajasi 2000 yildan buyon ilk bora eng past ko‘rsatkichni namoyon etgan. Ayni shu yildan ishsizlik bo‘yicha ma'lumotlar to‘plab boriladi, deya xabar qiladi DW.

Unga muvofiq, YeI ishsizlik darajasi iyun oyida 6,3 foizni tashkil etgan. 

Yevro pul birligidan foydalanadigan 19 mamlakatdan iborat Yevrohududda bu raqam 7,5 foiz ekani aytilmoqda. Eurostat ta'kidicha, bu 2008 yilgi moliyaviy inqirozdan keyingi «yevro hududida qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir». 

Shu bilan birga, bu raqamlar Yevropa Ittifoqi bo‘ylab iqtisodiy o‘sish sustligini ko‘rsatadi. YeI va Yevrohududda iqtisodiy o‘sish 2019 yil ikkinchi choragida 0,2 foizni tashkil etgan. Inflatsiya darajasi iyun oyidagi 1,3 foizdan iyul oyida 1,1 foizga pasaygan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid