Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldaviyalik oligarx Rossiyadan 37 mlrd rubl olib chiqib ketganlikda ayblanmoqda
Moskvaning Tver sudi moldaviyalik biznesmen, Moldaviya demokratik partiyasining sobiq rahbari Vladimir Plaxotnyukni Rossiyadan 37 mlrd rubl olib chiqib ketganlikda aybladi. Bu haqda sud matbuot kotibi Olga Bondareva ma'lum qildi.
Bondarevaning so‘zlariga ko‘ra, u uyushgan jinoiy guruh tuzish hamda soxta hujjatlar yordamida yirik miqdordagi mablag‘ni norezidentlar hisob raqamiga o‘tkazishda ayblanmoqda.
Plaxotnyuk ikki oyga hibsga olingan. Bu uning Rossiyada ikkinchi marta sirtdan hibsga olinishidir.
Plaxotnyuk va uning ishonchli vakili Konstantin Tsutsuga yirik miqdorda giyohvandlik moddalarini kontrabanda qilish va tarqatish ayblovi sirtdan e'lon qilingan, dedi IIV vakili Irina Volk. Ma'lum qilinishicha, u jinoiy narkosindikatga rahbarlik qilgan va uning a'zolarini himoya qilib kelgan.
Mavzuga oid
10:49 / 23.04.2026
Moldovadagi “asr o‘g‘riligi” ishi: milliarder Plaxotnyuk 19 yilga qamaldi
09:02 / 24.07.2025
Moldovadan qochgan oligarx Plaxotnyuk Gretsiyada ushlandi
17:20 / 03.03.2024
Tan olinmagan Dnestrbo‘yi: u yerda nimalar bo‘lyapti va nega Rossiyadan ko‘mak so‘ralmoqda?
17:56 / 08.06.2019