Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva AQSh va Germaniyani Rossiyaning ichki ishlariga aralashayotganlikda aybladi
Moskva AQSh va Germaniya diplomatik xodimlari va OAVlari Moskvada 3 avgustda o‘tgan ruxsat etilmagan namoyishga taalluqli maqolalarni chop etgani sababli bu davlatlarga rasmiy murojaatlarini jo‘natadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildi.
“Barcha materiallarni, shubhasiz, rasmiy yo‘l bilan AQSh elchixonasigacha va nafaqat elchixonagacha yetkazamiz. O‘ylaymanki, AQSh rahbariyati ularning diplomatlari Rossiyaning ichki ishlariga aralashayotganidan nihoyatda taajjubga tushadi”, deb aytgan Zaxarova.
Rossiya vakilining aytishicha, noqonuniy aksiyalarga AQShning Moskvadagi elchixonasi aralashgan. Zaxarovaning ta'kidlashicha, AQSh elchixonasi aksiya o‘tish yo‘nalishini deyarli “har bir daqiqasi” bo‘yicha bayon qilib chiqqan, uning oxiridagina bu yo‘nalishdan qochish haqida iltimos qilingan. “Bu ma'lumotning 90 foizi odamlarni aynan aksiyaga qo‘shilishga chorlagan”, deb aytgan Zaxarova. Uning aytishicha, AQSh elchixonasi matbuot kotibi namoyish natijalariga izoh bergan.
Bundan tashqari, Zaxarova Deutsche Welle nemis telekanalining ham aralashuvini eslab o‘tgan. Uning ta'kidlashicha, kanal tomonidan rus tilida aksiyaga chorlash maqolasi “fenomenal xato”dir.
3 avgustda Moskvada shahar dumasiga saylovlarda mustaqil nomzodlarni qo‘llab-quvvatlashga chorlangan “O‘zimizga saylov huquqini qaytaramiz” deb nomlangan aksiya o‘tgan. Moskva saylov qo‘mitasi ushbu nomzodlarga sifatsiz to‘plangan imzolar uchun saylovlarda ishtirok etish huquqini berishni rad etgan. Huquq himoyachilarining baholashicha, aksiyada ushlangan odamlar mingdan oshib ketgan, vaholanki politsiya 600 kishi ushlanganini ta'kidlamoqda.
Keyinroq Rossiya tergov qo‘mitasi aksiya natijalariga ko‘ra ilk jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Gap hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik qilish haqida bormoqda. Aksiya ishtirokchilaridan biri Rosgvardiya xodimiga qarshilik ko‘rsatgan va buning oqibatida jangchi yelkasi chiqib ketgan, gumonlanuvchi esa hibsga olingan.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
22:13 / 19.06.2026