Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozimga tayinlandi

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi
Shahnoza Mirziyoyeva Maktabgacha ta'lim vazirligi Maktabgacha ta'lim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqdagi ma'lumotni vazirlik Kun.uz’ga tasdiqladi.
Qayd etilishicha, Shahnoza Mirziyoyeva bosh boshqarma boshlig‘i sifatida 2019 yil 1 avgustdan ish boshlagan. Bundan avval u mehnat qilgan boshqarma ikki yo‘nalishga ajratilgani aytildi.
Shahnoza Mirziyoyeva vazirlik tizimida Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Vazirlar Mahkamasining 1 avgust kungi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi hay'ati a'zolari tarkibi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi hay'ati a'zolarining soni o‘n bir kishidan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining hay'ati quyidagi tarkibda tasdiqlandi:
1. Shin Agrepina Vasilevna ― Vazir
2. Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich ― Vazirning birinchi o‘rinbosari
3. Mamatqulov Shodiyor Abduvaxidovich ― Vazir o‘rinbosari
4. Yuldashev Maksudjan Abdullayevich ― Vazir o‘rinbosari
5. Mirziyoyeva Shaxnoza Shavkatovna ― Maktabgacha ta'lim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshlig‘i
6. Ten Yelena Gerasimovna ― Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tahlil qilish va strategik rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i
7. Olimov Qahramon Tanzilovich ― Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogika kollejlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
8. Yusupov Abdukahhor Djumanovich ― Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i
9. Normatov Dilshod Xabibullayevich ― Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boshlig‘i
10. Eshpulatov Komiljon Abdusalomovich ― Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining rektori
11. Usnatdinova Jumagul Sharapovna ― Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta'lim vaziri.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda kamera yo‘q xonada bolani urgan bog‘cha xodimi ishdan olindi
Jamiyat | 16:51
-
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan mablag‘laridan 95 mln dollar O‘zbekistonga qaytarilgan
O‘zbekiston | 15:54
-
Namanganda oilaviy bog‘cha tarbiyachisi 1,5 yosh bolaning oyog‘ini kuydirib qo‘ygani aytilmoqda
Jamiyat | 15:31
-
Rossiya qo‘shini Kiyevga raketa zarbasi yo‘lladi. Qurbonlar bor, o‘nlab kishilar yaralangan
Jahon | 15:26
Mavzuga oid

21:51 / 13.03.2025
“Bolalarni qo‘rqoq qilib qo‘ymasligimiz kerak” - bog‘chadagi zo‘ravonliklar haqida suhbat

18:47 / 24.12.2024
Kelgusi o‘quv yilida 100 dan ziyod maktab tashkil etiladi, 162 ta bog‘cha quriladi

14:43 / 20.12.2024
OTB O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni yaxshilashga ko‘maklashadi

11:02 / 23.10.2024