Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp ommaviy qotillik uchun o‘lim jazosi joriy etilishini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp El-Paso va Deytondagi hujumlarni izohlar ekan, ommaviy qotillik aybdorlariga o‘lim jazosi berish zarurligini aytdi.
"Bugun adliya vazirligiga nafrat asosida jinoyat va ommaviy qotillik qilganlar o‘lim jazosiga tortilishini kafolatlovchi qonunni tayyorlashga buyruq beraman va bu jazo zudlik va qat'iylik bilan, uzoq yillarga cho‘zilmasdan ijro etiladi", - dedi u.
Bundan tashqari, AQSh prezidenti qurol bilan muomala qilish to‘g‘risidagi qonunni keskinlashtirishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Chikagodagi parkda joylashgan bolalar maydonchasida otishma sodir etilishi natijasida yetti kishi jarohatlandi.
Avvalroq esa El-Paso shahridagi (Texas shtati) supermarketda sodir etilgan otishmada 20 kishi halok bo‘lgan, 26 kishi jarohatlangandi.
Keyinroq Ohayo shtatidagi Deyton shahrida otishma sodir bo‘ldi. Dayton Daily News gazetasining xabar berishicha, otishmada yetti kishi qurbon bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:27
Eron bilan urush Kongressda ham bahslarga sabab bo‘lmoqda
09:20 / 03.06.2026
Trampning yaqin ittifoqchisi Milliy razvedkaga rahbarlik qiladi
08:59 / 02.06.2026
Tramp Tehron bilan muzokaralar to‘xtatilganini rad etdi
09:13 / 29.05.2026