Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi avtohalokatda 6 tojikistonlik halok bo‘ldi
Rossiyaning Ryazan oblasti Sasov tumanida yo‘l-transport hodisasi oqibatida Tojikistonning 6 fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda oblast ichki ishlar boshqarmasi vakili Aleksandr Potashov ma'lum qildi.
YTH M-5 “Ural” trassasining 404-kilometrida soat 5:20da sodir bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, tojikistonliklar ketayotgan Mercedes-Benz Vito mikroavtobusi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, Toyota Land Cruiser avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, mikroavtobus Tojikistonga yo‘nalayotgan bo‘lgan, unda ketayotgan 12 yo‘lovchining barchasi Tojikiston fuqarolari bo‘lgan. Halok bo‘lganlar 1974, 1977, 1983, 1989 va 2005 yillarda tug‘ilgan fuqarolar bo‘lgan. Qolgan 6 kishi jarohat olgan.
YTH oqibatlarini bartaraf etish uchun uchta o‘t o‘chirish mashinasi, favqulodda vaziyatlar vazirligining tezkor guruhi yuborilgan.
Hozirda halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlashtirilmoqda. Voqea joyiga Tojikiston mehnat vazirligi xodimlari yo‘l olishgan.
Markaziy osiyoliklar Rossiyadagi yo‘l-transport hodisalari qurbonlariga aylanib turishadi. Tojikiston fuqarolari bilan Rossiyada yuz bergan oxirgi jiddiy avtohalokatlardan biri iyun boshida Samara oblastida sodir bo‘lgandi. O‘sha YTHda 3 tojikistonlik hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026