O‘zbekiston | 09:56 / 07.08.2019
10871
2 daqiqa o‘qiladi

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tartibi tubdan takomillashtiriladi

Foto: KUN.UZ

2019 yil 6 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, majlisda uy-joy mulkdorlari shirkatlarining huquqiy maqomini belgilash, ko‘p kvartirali uylar masalalaridagi davlat boshqaruvi va nazorati organlarining munosabatlarini tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi qonun loyihasining ikkinchi o‘qishdagi muhokamasi qizg‘in bahs-munozaralarga boy kechdi.

Mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazish jarayonida deputatlar tomonidan qator normalarning amaliyotda ishlashini o‘rganish bo‘yicha yurtimizning barcha hududlarida soha vakillari, shirkat rahbarlari va a'zolari, boshqaruv kompaniyalari xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Mavjud holatlar o‘rganildi, tegishli takliflar olindi. Ana shu takliflar asosida yanada takomillashtirilgan qonun loyihasi bilan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish usullariga aniqlik kiritildi.

Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi sohada uchrayotgan ko‘plab muammolarni bartaraf etishga, amaliyotda vujudga kelgan yana bir o‘tkir masala — noturar joy mulkdorlarining shirkat a'zosi hisoblanmasligiga barham beriladi, ularning huquq va majburiyatlari kengaytiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid