O‘zbekiston | 14:01 / 07.08.2019
15340
1 daqiqa o‘qiladi

Termizga Xitoydan avtobuslar olib kelinadi

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Surxondaryo viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yaxshilash, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxonalar avtoparkini zamonaviy avtobus va mikroavtobuslar bilan to‘ldirish maqsadida viloyat mutasaddilari va bir guruh tadbirkorlar Xitoy Xalq Respublikasining Tszyansu provinsiyasiga tashrif buyurishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, delegatsiya vakillari Yanchjou shahrida maxsus texnikalar, shahar va shaharlararo avtobuslarni ishlab chiqaruvchi “Asiastar” kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida ushbu kompaniyadan 100 ga yaqin zamonaviy avtobuslarini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Xitoydan olib kelinadigan bu zamonaviy avtobuslar Termiz shahrida transport xizmati ko‘rsatishni yanada yaxshilash imkoniyatini yaratadi, deyiladi vazirlik xabarida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid