Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda uch mashina ishtirokida avtofalokat ro‘y berdi. Qurbonlar yo‘q
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Bugun ijtimoiy tarmoqlar messenjerlarda poytaxtimizning Darxon mavzesida bir nechta avtomobillar ishtirokida ayanchli avtofalokat sodir bo‘lgani haqidagi foto va videomateriallar tarqatildi.
Mazkur voqea yuzasidan Kun.uz Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga murojaat qildi.
IIBB matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, bugun 6 avgust kuni kechki payt poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida uch avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
"YTH natijasida qurbonlar yo‘q.
Dastlabki surishtiruvlardan ma'lum bo‘lishicha, Nissan rusumli avtomashina haydovchisi, 33 yoshli Sh.J. boshqaruvni yo‘qotib, ikki mashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.
YTHning to‘liq sabablari o‘rganilmoqda", - deyiladi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma'lumotida.
Mavzuga oid
18:42 / 13.04.2026
O‘zbekistonda 3 oyda YTH oqibatida 346 kishi halok bo‘ldi – IIV
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
21:12 / 29.03.2026