Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikaning bir shahrida bir kunda 20 kishi jasadi topildi
8 avgustda Meksikaning Michoakan shtatida 20 kishi jasadi topildi. Bu haqda shtat xavfsizlik vaziri Israel Patron ma'lum qildi.
Patronning aytishicha, jasadlar Uruapan shahrining uchta turli joyida topilgan. Jumladan, ulardan 9 tasi ko‘prikka osilgan bo‘lgan, ular orasida 2 ayol bo‘lgan. Bundan tashqari, yana 7 ta jasad bo‘laklangan holda topilgan. Ulardan ba'zilarida o‘qotar jarohat izlari ko‘rinib turgan.
Oxirgi yillarda Meksikada narkokartellar o‘rtasida AQShga kokain yetkazish ustidan nazoratni o‘rnatish negizida zo‘ravonlik avj olgan. 2018 yilda Meksikada rekord sonda – 33,34 mingdan ko‘proq qotillik qayd qilingan.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026