Jahon | 15:32 / 09.08.2019
11098
1 daqiqa o‘qiladi

Tokio Olimpiadasi saytida Kuril orollari Yaponiya hududi sifatida ko‘rsatildi

Foto: Sergey Krasnouxov/TASS

Janubiy Kurilning to‘rt oroli Tokio Olimpiadasi rasmiy saytida Yaponiyaning bir qismi sifatida ko‘rsatildi. Olimpiya olovi yo‘nalishi xaritasida Kunashir, Shikotan, Iturup va Xabomai orollari Xokkaydo prefekturasi tarkibida ko‘rsatilgan.

Yaponiya 1822 yilgi savdo va chegaralar to‘g‘risidagi traktatga asoslanib Iturup, Kunashir, Shikotan va Xabomai orollariga da'vogarlik qilib keladi. Moskva esa Ikkinchi jahon urushi yakunlariga ko‘ra bu orollar SSSR tarkibiga kirganligi va orollarga egalik huquqi Rossiyada ekanligini ta'kidlaydi.

2018 yil sentyabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abega "hech qanday shartlarsiz " tinchlik shartnomasi tuzishni taklif qildi. Yaponiya bosh vaziri bu taklifni qabul qilib bo‘lmaydigan deb atadi.

2019 yil iyunda Putin Rossiya Janubiy Kuril orollarini bermasligini, hukumat bu hududni rivojlantirmoqchi ekanligini ma'lum qildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid