Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe Rossiya bilan tinçlik şartnomasini tuziş böyiça muzokaralarni yakunlaş uçun bor kuçini sarflaşga va'da berdi. Bu haqda NHK telekanali xabar qildi.

Abe turmuş örtoği bilan özi tuğilib-ösgan Nagato şahriga keldi va otasining qabrini ziyorat qildi. Uning sözlariga köra, otasi ham Moskva va Tokio örtasidagi munosabatlarni yaxşilaş ustida iş olib borgan. Sintaro Abe 1982 yildan 1986 yilgaça mamlakat taşqi işlar vaziri bölgan.

"Ajdodlarim qabri oldida öz xizmat burçimni bajarişga qasamyod qildim. Men bu masalada ilgari siljiş (Kuril orollari böyiça muzokaralar) va unga nuqta qöyişga qasam içdim", dedi Abe jurnalistlarga.

Abe ötgan yilning noyabrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşgan va Kuril orollari masalasida muzokaralarni tezlaştirişga kelişib olgandi.