Janubiy Kuril orollarining 2020 yilgi Olimpiya öyinlari xaritasida Yaponiya tarkibiga kiritilişi qonunga xilofdir. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildi.
Zaxarovaning ta'kidlaşiça, bunday harakatlar davlatlar örtasidagi muhitni zaharlaydi. “Sizga aytişim mumkinki, bu harakatlar aniq ikki tomonlama munosabatlar foydasiga emas. Fikrimça, u Tokioning öziga ham foyda keltirişi dargumon”, deb qöşimça qilgan diplomat.
Avvalroq Olimpiada-2020 rasmiy saytida Yaponiyaning Olimpiya maş'alasi yönalişi aks etgan xaritasi paydo bölgan. Unda Kunaşir, Şikotan, Iturup orollari va Xabomai tizmasi Xokkaydo prefekturasi tarkibida körsatilgan.
Moskva iyulda G20 sammitiga tayyorlangan hamda Kuril orollari yapon hududi sifatida körsatilgan videorolik sababli Tokioga norozilik bildirgandi. Tokio öz navbatida Kunaşir oroli yaqinida otiş maşqlari ötkazilişi va Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedevning Iturupga taşrifiga norozilik bildirgan.
Moskva uşbu orollarni Ikkinçi jahon uruşi yakunlangandan keyin imzolangan taslim böliş aktiga tayanib Rossiya hududi deb hisoblaydi. Bu masala böyiça ziddiyatlar sababli ikki qöşni davlat hanuzgaça tinçlik bitimini imzolamagan.












