Yamanda ayirmachilar prezident saroyini egallab olishdi
Yamanning janubiy o‘tish kengashi kuchlari Adan shahridagi Ma'shiq prezident saroyini egallab olishdi. Bu haqda 9 avgustda Al Jazeera telekanali xabar bergan.
Ta'kidlanishicha, saroyda joylashgan Saudiya Arabistoni kuchlari Adandan g‘arbdagi xalqaro koalatsiya harbiy bazasiga chekingan.
Yaman prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiy hozirda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda qolmoqda.
Telekanalning ma'lum qilishicha, Adandagi jangovar harakatlar ishtirokchilari Saudiya Arabistoni tomonidan boshchilik qilinuvchi koalitsiyaning nomigagina ittifoqdoshi bo‘lib, ularda mamlakatning kelajagi bo‘yicha o‘z rejalari bor.
Kengash vakili Nizor al-Haysam kengash kuchlari Adan va Janubiy Yamanning mamlakatning qolgan qismidan ajralishi uchun hozir jang boshlamoqchi emasligini aytgan. Shu bilan birga, u kengash otryadlari husiylarga qarshi kurash olib borayotgan hukumat kuchlari tarkibida qolishiga va'da bergan.
O‘z navbatida, koalitsiya ayirmachilardan ular tomondan Adanda bosib olingan harbiy baza va boshqa obektlarni tashlab, avvalgi joylariga qaytishni so‘ragan, aks holda jangovar harakatlar boshlanishi bilan tahdid qilgan.
Shuningdek, Ar-Riyod tartibni tiklash hamda o‘t ochishni to‘xtatish uchun tomonlarning shoshilinch sammitini o‘tkazishni taklif qilgan.
Ayirmachilar yarashuvga rozi ekanliklarini aytishgan.
Mavzuga oid
11:20 / 11.11.2024
AQSh Yamandagi husiychilarning qurol omborlariga zarba berdi
12:37 / 27.07.2024
AQSh husiychilarning uchuvchisiz uchoqlari va dengiz dronlari yo‘q qilinganini bildirdi
08:30 / 21.07.2024
Isroil Yamanga zarba berdi, qurbonlar bor
23:45 / 03.05.2024