Jahon | 22:48 / 12.08.2019
8543
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Hindistonni chegara bo‘yicha kelishuvlarni buzishda aybladi

Foto: AFP 2019 / Biju Boro

Hindiston Kashmirdagi harakatlari bilan chegaraoldi hududlarda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash bo‘yicha kelishuvlarni buzdi, dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I.

"Hindiston tomonining harakati Xitoy suverenitetiga chaqiriq bo‘ldi hamda chegaraoldi hududlarda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlarni buzdi. Xitoy tomoni shu munosabat bilan jiddiy tashvish bildiradi", - dedi u.

Uning ta'kidlashicha, Hindiston tomonining bu harakati hech qanday samara bermaydi, hech narsa bu hudud Xitoy yurisdiksiyasi ostida ekanligi faktini o‘zgartira olmaydi.

Xitoy va Hindiston o‘rtasida Kashmir shimolidagi tog‘li uchastka hamda Arunachal-Pradesh shtatidagi qariyb 60 ming kvadrat kilometr hudud kimga tegishli ekanligi borasida hududiy bahs mavjud. 1962 yil kuzda bu bahs chegaraviy urushga aylanib ketgan. 1993 hamda 1996 yillarda Xitoy va Hindiston bahsli hududlarda tinchlikni saqlash to‘g‘risida kelishuvlar imzolagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid