Jahon | 07:21 / 13.08.2019
14171
2 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In 100 dan ko‘proq olimni taqdirladi – OAV

Foto: Joyce N. Boghosian, ZUMAPRESS.com globallook

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bir qator olimlarga yangi qurollarni yaratishga qo‘shgan hissalari uchun harbiy unvonlar berdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi

Kim Chen In “harbiy ilm va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash ishiga ulkan hissa qo‘shgan” 103 nafar olimga yangi unvonlar bergan. Shimoliy Koreya yetakchisi ularga milliy mudofaa ishida “muhim bosqich”ga erishishga imkon bergan “murakkab texnologik muammolarni” yechishgani uchun minnatdorlik bildirgan.

Janubiy koreyalik kuzatuvchilarning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreyada fuqarolarga harbiy unvonlar berilishi eng oliy mukofotlardan biri hisoblanadi va mamlakat rahbariyati tomonidan bu xizmatlarning tan olinishidan darak beradi.

O‘tgan bir oy ichida Shimoliy Koreya bir nechta kichik masofadagi ballistik raketa uchirdi. Oxirgi bunday raketa uchirilishi 10 avgustda bo‘lib o‘tdi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid