Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qodir Atamboyev Qo‘y-Toshdagi voqealarni rejalashtirilgan fitna deb atadi
Qirg‘iziston sobiq prezidentining o‘g‘li Qodir Atamboyev fikricha, Qo‘y-Tosh qishlog‘ida ro‘y bergan voqealar hukumat tomonidan rejalashtirilgan fitnadir. U bu haqda «Novyye litsa» gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Aminmanki, bu maxsus rejalashtirilgan fitna. Hamma narsa shunday uyushtirilganki, endi bari otamning bo‘yniga qo‘yilmoqda», - dedi Qodir Atamboyev.
Ushbu versiya foydasiga qaratilgan boshqa dalillar orasida u Almazbek Atamboyevni majburan qo‘lga olish uchun tanlangan vaqtni aytdi.
«Hujum uchun tanlangan vaqt... Hamma bu yerda odamlar soni har doim maksimal darajada ko‘p bo‘lishini biladi», - dedi sobiq davlat rahbarining o‘g‘li.
Qodir Atamboyev so‘zlariga ko‘ra, Qo‘y-Tosh qishlog‘ida otasining tarafdorlaridan tashqari ko‘plab boshqa shaxslar - soxta tarafdorlar ham bo‘lgan.
«Bizning tarafdorlardan ham boshqa shaxslar chiqdi. Vaziyatdan foydalanmoqchi bo‘lgan soxta tarafdorlar paydo bo‘ldi», - dedi sobiq davlat rahbarining o‘g‘li, Almazbek Atamboyev qarorgohida 7-8 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan tartibsizliklarni izohlab.
Qodir Atamboyevning fikricha, bu odamlar otasiga qarshi guvohlik berishi mumkin.
«Endi bu marginallar ozodlikka chiqish uchun xohlagan narsani aytishi, istagan shaxsni ayblashi mumkin, - deydi Qodir Atamboyev. - Ikki oy davomida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov hibsxonasida o‘tirgan odamlar Batukayev ishi bo‘yicha otamga qarshi qanday guvohlik berganini ko‘rdingiz. Hozir ham shunday bo‘ladi».
Qo‘y-Toshdagi voqealar paytida Qodir Atamboyev onasi Raisa Atamboyeva bilan birga Issiqko‘lda dam olgani aytiladi.
Bundan oldin, Almazbek Atamboyevga qotillik ayblovi qo‘yilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026